EVOS kompaniyasi o‘z mahsulotlarining sifatiga qat'iy e’tibor qaratadi va hamkorlar hamda ta’minotchilarni tanlashda yuqori standartlarga qat’iy amal qiladi. Biz faqatgina sifat va xavfsizlik bo‘yicha talablarimizga javob beradigan, sinab ko‘rilgan va ishonchli kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga intilamiz. EVOS restoranlarida foydalaniladigan barcha mahsulotlar majburiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun-qoidalariga to‘liq mos keladi.










































































